
“Real” osiyolik futbol yulduzini oladi
“Real” o‘zi olishni istayotgan futbolchilar ro‘yxatiga “Tottenxem” to‘purariga aylanib borayotgan Son Xin Minni ham qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Zinedin Zidan koreyalik hujumchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va madridliklar tez orada transfer imkoniyatlarini muhokama qilish uchun londonliklar bilan aloqaga chiqishni rejalashtirgan.
Son Xin Min “Tottenxem”ga 2015 yli “Bayer”dan olib kelingan. Ayni paytda qit’adoshimizning transfer summasi 75 million evroni tashkil qilmoqda. Uning hozirgi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. “Tottenxem” Sonni 2025 yilning yozigacha olib qolishga harakat qilyapti.
Fikrlar