“Real”: O‘rningga ikkita nomzod bor!

  • 29 mart, 2022, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozda jamoani tark etadigan Marselo o‘rniga ikkita boshqa himoyachi topgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” himoyachilar uchun katta xarajat qilmoqchi emas va kamtarroq narxga olsa bo‘ladigan o‘yinchilarni qidirmoqda. Shunga ko‘ra, madridliklar braziliyalik futbolchi o‘rniga  o‘z tarbiyalanuvchisi Migel Guterresni asosiy jamoaga olib o‘tmoqchi.

Ikkinchi nomzod Fran Garsiya ayni paytda “Rayo Valekano” sharafini himoya qilmoqda. Madridliklar bu o‘yinchining transferini 5 million evroga hal qilishi mumkin.

2007 yildan beri “Real”da to‘p tepayotgan Marselo besh martadan Ispaniya chempioni va mamlakat superkubogi sohibi bo‘ldi,  to‘rt marotabadan Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan, uch marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!