
“Real” “Oltin to‘p” sohibini olish yo‘lini topdi
“Manchester Siti” maydon markazini kuchaytirish uchun “Nyukasl”dan braziliyalik Bruno Gimaraesni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Xosep Gvardiola bu futbolchi yanvar oyidan uning jamoasida to‘p tepishini istayapti. Klub rahbariyati ham yaqinda yuz bergan inqirozdan keyin tarkibni kuchaytirishga pul ajratishga rozilik berdi.
27 yoshli Gimaraes “shaharliklar” safiga qo‘shilsa, “Real” anchadan buyon mo‘ljallab yurgan rejasini amalga oshirish osonlashadi. Madridliklar ayni paytda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Rodrini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Gimaraes va Rodrining maydondagi vazifalari bir biriga o‘xshashligi bois manchesterliklar ikki nafar katta maoshga o‘ynaydigan futbolchidan birini qo‘yib yuborishi mumkin.
Rodri yaqinda “Oltin to‘p” qo‘lga kiritgan edi. Evropa chempionatida porlaganidan keyin tajribali yarim himoyachining transfer summasi 130 million evroga ko‘tarilgan.
Fikrlar