
"Real" Oblakni dunyoning eng qimmat posboniga aylantirishga tayyor
Madridning "Real" klubi "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ispan nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” 26 yoshli slovakiyalik posbonni 120 million evrolik tovon pulini to‘lab sotib olishga tayyor. Aytish kerakki, agar ushbu transfer amalga oshsa, Oblak dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" 2018 yilning yozida 35 million evroga "Chelsi"dan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuani sotib olgan edi. Biroq, uning ishonchsiz o‘yinlari Madrid grandi rahbariyatini yangi posbon sotib olishga undamoqda.
Fikrlar