“Real” MYudan katta transfer bo‘yicha maxsus taklif kutyapti

  • 8 sentabr, 2020, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempioni uelslik yulduz Garet Beyl bo‘yicha “Manchester Yunayted”  taklif bildirishini intizorlik bilan kutmoqda.

Tecno

Joriy transferlar mavsumida Beylni sotib yuborish “Qirollik klubi”ning asosiy maqsadiga aylangan. Tajribali futboli jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan chiqisha olmayapti. Har ikki tomon ham birga ishlay olmasligiga amin bo‘lgan. “Real” futbolchiga yana ikki yil davomida 30 million funt to‘lashni istamayapti. Beyl esa ketishga shoshilmay, zaxirada o‘tirib bo‘lsa ham, maoshini olishga rozi.

“Real” shu paytgacha Beyl bo‘yicha aniq taklif olgani yo‘q. Madridliklar “Manchester Yunayted” rahbarlari “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni transfer qila olmaganidan keyin manchesterliklarning e’tiborini Beyl transferiga qaratmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!