
"Real" muxlislariga yaxshi xabar!
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich maydonga qaytishga tayyor. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
35 yoshli xorvatiyalik futbolchi jarohatidan sog‘ayib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Shu tariqa, u 30 dekabr kuni “Elche”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda jamoasiga yordam bera oladi.
Luka Modrich joriy mavsum “Real” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar