
"Real" muxlislariga: Azarni kutmanglar!
“Real” vingeri Eden Azar kutilgan vaqtda safga qaytmaydi. Ispan nashrlari fevral oyi boshida belgiyalik futbolchining taxminan 3-4 oyda sog‘ayishini ma’lum qilishgan edi. Ammo u hali ham mashg‘ulotlarda ko‘rinmayapti.
AS tarqatgan xabarga ko‘ra, Eden Azar fitnes zalda shug‘ullanmoqda. U aynan jarohatlar sabab bu mavsum “Real” safida bor yo‘g‘i 13 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
“Real” Azarni 2019 yilning yozida “Chelsi”dan sotib olgan edi.
Fikrlar