
"Real" muxlislari uchun xushxabar!
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing qachon safga qaytishini ma’lum qildi.
Tizzasidan olgan jarohati tufayli 21 yoshli xavbek noyabr oyining o‘rtalaridan beri maydonga tushmayapti.
"Kamavinga kelasi hafta safga qaytadi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida jurnalistlarga. “Real” Ispaniya chempionatidagi navbatdagi o‘yinini 3-yanvar, chorshanba kuni o‘z maydonida "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi.
Ayni paytda "qirollik klubi" "Jirona" bilan birga La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkala jamoada ham 45 ochkodan bor.
Fikrlar