“Real” qo‘rqoq futbolchi uchun 71 million funtdan voz kechishga tayyor
“Real” rahbariyati “Chelsi”dan yarim himoyachi N’Golo Kanteni olish uchun londonliklarga 71 million funt berishga tayyor.
Madridliklar Roman Abramovich klubi bu transferga qarshilik qilmasligiga ishonmoqda. Chunki “Chelsi” hozirgacha “Ayaks” bilan 36 million funtga Hakim Ziesh transfer qilishni kelishib qo‘ygan. Shuningdek, Frenk Lempard jamoasi Timo Vernerni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Germaniyalik futbolchi uchun esa klub 53 million funtdan voz kechishi lozim.
“Real” vakillari “Chelsi” bu xarajatlarni Kanteni sotish orqali qoplaydi degan fikrda. Kantening o‘zi koronavirusdan qo‘rqqani bois jamoa mashg‘ulotlariga eng kech qo‘shildi.



Fikrlar