“Real” Modrichning kelajagini hal qildi

  • 19 may, 10:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning ayni paytdagi eng yoshi katta futbolchisi Luka Modrich klub bilan yakunlanayotgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Taniqli jurnalist Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, tomonlar yangi bitim imzolashga yaqin turibdi.

“Qirollik klubi” Luka Modrich yoshi o‘tib qolganiga qaramay, jamoaga yordam bera oladi, degan xulosaga keldi. Xorvatiyalik pleymeykerning o‘zi kelasi yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda va mundialga qadar yuqori sport formasini ushlab turish uchun “Real”da qolishni ma’qul ko‘ryapti.

Shu yil kuzda 40 yoshga to‘ladigan Modrich “Real”da 2012 yildan beri o‘ynab keladi. Joriy mavsumda Luka 54 ta bellashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va sakkizta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!