"Real" Modrichga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Ammo...

  • 22 sentabr, 2022, 08:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi shifokori Luka Modrichning Evro-2024da ishtirok etishini aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi 2022/2023 yilgi mavsum yakunida butsasini "mixga ilmoqchi" emas. "AS" xabariga ko‘ra, "Real" Madrid Modrichga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, ammo tomonlar hozircha shoshilmapti. Bu boradagi muzokaralar faqat keyingi yilda boshlanadi.

Tecno

Luka Modrich sentyabr oyida 37 yoshga to‘ldi. Yarim himoyachi o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida "Real" sharafini himoya qilmoqda. Xorvatiyalik futbolchi 2012 yilning avgust oyi oxirida "Tottenxem"dan Madrid klubiga o‘tgan edi.

Qo‘shimcha qilamizki, noyabr oyida Xorvatiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!