
“Real” Modrich o‘rniga yangi yulduzni oladi
“Real” klubi yoshi o‘tib qolgan Luka Modrichning o‘rniga boshqa futbolchi olishga qaror qildi. Madridliklar yarim himoya markazini “Zaltsburg” tarkibida porlay boshlagan Dominik Soboslaiga topshirishni maqsad qilgan.
Vengriya terma jamoasi pleymeykerini olish uchun “Qirollik klubi” 30 million evro xarajat qilishga tayyor. Futbolchini olishda madridliklar “Arsenal” va “Leyptsig” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Soboslaining o‘zi kuni kecha Evropa chempionatining saralash turnirida Islandiya darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, Vengriyani musobaqaning final qismiga olib chiqdi - 2:1.
Fikrlar