“Real” Modrich o‘rniga Angliyaning eng kuchli futbolchisini olib keladi

  • 1 noyabr, 2023, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yoshi o‘tib qolgan Luka Modrich bilan xayrlashishga tayyor. Xorvatiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi va unga boshqa bitim berilmaydi.

Tecno

38 yoshli pleymeyker Saudiya Arabistoni yoki AQShga ketishi mumkinligi aytilmoqda. Madridliklar esa, unga o‘rinbosar topib qoydi.

Todofichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” ayni paytda “ARsenal”da o‘ynayotgan Deklan Raysni nishonga olgan. Rays maydon markazini ushlab turishda Angli Premer-ligasida tengsiz o‘yinchi hisoblanadi.

“Vest Xem” o‘z tarbiyalanuvchisini uzoq vaqt grand klublarga bermadi. Biroq o‘tgan yili yozda “kanonirlar” ularni transferga ko‘ndirdi va Rays uchun 116,6 million evro to‘ladi.

Agar “Real” futbolchini olishni istasa, bundan ko‘proq xarajat qilishi kerak. Chunki 24 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasi bilan besh yillik shartnoma tuzgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
31/10/2023 22:13
Yana bir qolsa ziyon qilmaydi atak