“Real” Messini qo‘lga kiritishga uringani fosh bo‘ldi

  • 11 sentabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘z vaqtida ashaddiy raqib – “Barselona” tarixidagi eng yorqin yulduz Lionel Messini o‘z safiga og‘dirib olishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Bu haqda argentinalik futbolchining birinchi murabbiyi Orasio Gadjoli aytib berdi.

- “Real” Messining yoshligidan unga jiddiy qiziqish bildirgan. O‘shanda Leo 16-17 yosh edi. Shunga qaramay, Messi “Barselona”dan ketishdan bosh tortgan, - dedi Orasio Gadjoli.

Lionel Messi professional faoliyatining katta qismini Kataloniyada o‘tkazdi.  Leo 2005-2021 yillar davomida “Barselona”da o‘ynab, o‘n karra Ispaniya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, to‘rt marotaba Evropa Chempionlar ligasi g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!