“Real” Mbappening terma jamoada o‘ynashiga qarshi

  • 5 oktabr, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining ettinchi turida Kilian Mbappe “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan edi.

Tecno

Biroq frantsiyalik futbolchi 81-daqiqada to‘p kiritganidan ikki daqiqa o‘tib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Mbappe mushagida og‘riq sezgani bois zaxiraga olingan.

Shunga qaramay, Kilian Frantsiya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga yo‘l oladigan bo‘lyapti.

L'Equipe nashrining yozishicha, Mbappe o‘ng to‘pig‘idagi jarohatini og‘irlashtirib olgani tufayli Madrid klub rahbariyati hujumchining poytaxtda qolishini istayapti.

Frantsiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turnirida 10 oktyabr kuni Ozarbaydon futbolchilarini qabul qiladi. Uch kundan keyin frantsiyaliklar safarda Islandiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!