“Real” Mbappening rasmiy taqdimotini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

  • 12 iyun, 2024, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” 3 iyun kuni PSJ sobiq futbolchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qilgan edi.

Tecno

Biroq “Qirollik klubi” mashhur yulduzning taqdimotini o‘tkaza olgani yo‘q. Bunga Germaniyada boshlanayotgan Evropa chempionati sabab.

Relevo nashrining xabar berishicha, madridliklar rasmiy taqdimot kunini bo‘lgiladi.

Mbappeni tanishtirish marosimi 16 iyul kuni “Santyago Bernabeu” arenasida tashkil etiladi.

Ayni paytda Kilian Mbappe terma jamoasi bilan “Evro-2024” o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar Frantsiya musobaqa finaliga chiqsa, Mbappe 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘ladi.

 Agar frantsuzlar qit’a chempionatidagi yurishini ertaroq tugatsa, Mbappeda bo‘sh vaqt ko‘p bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!