“Real” Mbappega 10-raqamni beradi

  • 23 yanvar, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Kilian Mbappega ayni paytda Luka Modrichga tegishli bo‘lgan 10-raqamni taklif qildi, deb xabar taraqatdi Sports Zone nashri.

Tecno

Avvalroq, “Qirollik klubi” mutasaddilari muzokaralarda Kilian Mbappe agentlarini hamkorlik bo‘yicha roziligini olgani haqida ma’lum qilingan edi.

Shunga qaramay, Kilian Mbappe PSJning munosabatini kutyapti va shundan keyin Madridga o‘tish masalasini tasdiqlamoqchi.

Bir necha mavsumdan beri 10-raqamga egalik qilib kelayotgan xorvatiyalik pleymeyker Luka Modrich mavsum oxirida “Real”ni tark etmoqchi. 38 yoshli futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi kutilyapti.

Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. PSJ xo‘jayinlari uni hamon olib qolishga harakat qilmoqda.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!