“Real” Mbappedan zo‘r futbolchini olib kelishni so‘rayapti
“Real” klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ashraf Hakimini yana Madridga olib ketish fikridan qaytgani yo‘q. Marokashlik futbolchi asosiy tarkibdan joy berilmagani uchun 2020 yili “Qirollik klubi”ni tark etgandi.
O‘shanda 43 million evro evaziga “Inter”ga transfer qilingan o‘ng qanot himoyachisi Italiyada bir mavsum o‘ynaganidan keyin ikki baravar qimmatiga “Pari Sen-Jermen” klubiga sotib yuborilgan.
Ayni paytda o‘z pozitsiyasida dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biriga aylangan Hakimi Parij klubida 185 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 37 ta golli pas uzatgan.
Defensa Central nashrining yozishicha, madridliklar Hakimini olishda u bilan PSJda birga o‘ynagan do‘sti Kilian Mbappeni ishga solmoqchi. Ular frantsiyalik yulduz o‘z munosabati orqali Ashrafga ta’sir o‘tkaza oladi, degan fikrda.
PSJ bilan 2029 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan Ashraf Hakimi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 80 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar