
“Real”: Mbappe gapida turolmaydi
Frantsiyalik jurnalist Frederik Ermel Kilian Mbappe atrofidagi voqealarni tahlil qilib berdi va 24 yoshli hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirganidan keyin “Real”ning reaktsiyasiga oydinlik kiritdi.
- Aslida “Real” rahbariyati bu yoz Kilian Mbappe Madridga ko‘chib o‘tishiga ishonmagan edi. PSJ vujudga kelgan ziddiyat tufayli to‘purarini sotib yuborishga qaror qilganida ham “Real” bu transfer uchun 250 million evro sarflashga tayyor emas.
Men “Real” mutasaddilari bilan bu borada suhbatlashganimda voqea faqat PSJ va Kilian Mbappega tegishli ekanini aytishdi. Klub xo‘jayini Florentino Peresga Mbappening PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligi to‘g‘risidagi maktubi haqida aytganimda, u Mbappe Parijda qolishiga amin ekanini ta’kidladi.
Mbappening so‘zlari “Real”ga hech qanday ta’sir qilmadi. Madridliklar frantsuz hujumchisiga o‘tgan yilgidek jiddiy qiziqish bilan qaramayapti. Ular Mbappening 2022 yildagi harakatlarini tushungani yo‘q.
“Real” vakillari Mbappeni beqaror va gapida tura olmaydigan o‘yinchi sifatida qabul qilmoqda va shu bois, hujumchi atrofidagi voqealar “Real”ni u qadar qiziqtirmaydi, - dedi Frederik Ermel.
Fikrlar