
“Real” mashhur hujumchisini 100 million evroga sotadi
Yozgi transferlar vaqtida “Real” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
TodoFichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati braziliyalik hujumkor futbolchi Rodrigo Goesni sotib yuborishni rejalashtiryapti.
Bu birinchi navbatda, jamoaga Kilian Mbappe kelishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Chunki har ikki futbolchi deyarli bir pozitsiyada o‘ynaydi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar Rodrigoning transferi orqali byudjetga qo‘shimcha daromad qo‘shmoqchi.
Bundan tashqari, murabbiylar shtabi o‘yini ochilib borayotgan Rodrigo Kilian Mbappening soyasida qolib ketib, zaxiraga mixlanib qolishini istamayapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klub 23 yoshlif utbolchini 100 million evroga qo‘yib yuboradi.
Rodrigoga PSJ, “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi superklublar o‘z tarkibidan joy berishga tayyor.
Fikrlar