“Real” “Manchester Siti” hujumchisini olib ketadi

  • 16 yanvar, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarkibini kuchaytirishni yanvar oyidan boshlamoqchi. Avvaliga madridliklar yangi o‘yinchi olish masalasini yozga hal qilmoqchi edi.

Tecno

Karlo Anchelotti shogirdlari keyingi paytda “Barselona”ga bas kela olmayotgani bois, klub xo‘jayinlari yanvarda bir necha transferlarni amalga oshirishga qaror qildi.

Caught Offside nashrining yozishicha, “Real” qishki transferlar vaqtida “Manchester Siti”ning 20 yoshli qanot hujumchisi Savioni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” braziliyalik futbolchining harakatlarini kuzatish uchun Angliyaga o‘z skautlarini yuborgan.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 20 yoshli Savioning harakatlaridan mamnun va uni qo‘yib yubormoqchi emas. Ispaniyalik mutaxassisning o‘yinchi pozitsiyasi “Real”ning rejasini qiyinlashtirib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!