"Real Madrid" Zidanni yana qaytarmoqchi
"Real Madrid" so‘nggi uchrashuvlarda qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatmoqda. Klub bosh murabbiyi Xabi Alonso iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Ispaniyalik jurnalist Pepe Alvaresning ma’lum qilishicha, Zinedin Zidan yana "qaymoqranglilar"ni boshqarishi mumkin. Shuningdek, klub rahbariyati unga "Real" bilan bir qatorda Frantsiya terma jamoasini ham bir vaqtning o‘zida boshqarish uchun to‘liq vakolatlar berishga tayyor.
AS nashrining yozishicha, agar jamoa Chempionlar Ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yinda "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lsa, Alonso ishdan bo‘shatiladi.
Ma’lumot uchun, madridliklar so‘nggi turda "Selta"ga 2:0 hisobida yutqazdi va La Liga turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar