
"Real Madrid" Zidanni qaytarishga yaqin
Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan 3 marta "Real Madrid"ni boshqarishi mumkin, deya yozmoqda Footmercato.
Manbaning xabar berishicha, Zidan Karlo Anchelottining o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. "Qirollik klubi" rahbariyati allaqachon murabbiy bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Shuningdek, Zinedinga PSJ va "Yuventus" ham da’vogarlik qilmoqda. Anchelottining madridliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar kelishuvi bor. Karloni Braziliya terma jamoasi taklif qilmoqda.
Fikrlar