
"Real Madrid" sobiq futbolchisi: "Menimcha "Oltin to‘p"ning haqiqiy egasi boshqa futbolchi"
"Real Madrid" klubi va Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq futblchisi Sezar Navas "Oltin to‘p" sovrini aslida boshqa insonga berilishi kerak edi deyu hisoblaydi.
"Rodrini tabriklaymiz. Menimcha, u ayni paytda dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi. Shubhasiz, "Oltin to‘p" yutadigan darajasida o‘ynadi.
Ammo, mening nuqtai nazarimdan Dani Karvahal mukofotga ko‘proq loyiqdir. U o‘tgan mavsum klub va terma jamoa bilan yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Katta g‘alabalarga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Bunday holatda himoyachi sovrinda hattoki kuchli uchtalikda bo‘lmagani meni hayron qoldirdi", - dedi Sezar Navas.
Fikrlar