"Real Madrid" "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki uchrashuvda ehtiyotkor bo‘lishi talab qilinadi!

  • 1 fevral, 16:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"si bilan bahs olib boradi. 
 
Dastlabki to‘qnashuv 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo‘lsa, javob bellashuvi 18 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 
 
Gap shundaki, "qirollik klubi"ning 6 ta asosiy futbolchisi ilk to‘qnashuvda sariq kartochka bilan jazolansa, "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan javob bellashuvini o‘tkazib yuborishadi. Mazkur 6 ta o‘yinchilarning ro‘yxati bilan tanishing. 
 
Kamavinga, Tchuameni, Bellingem, Modrich, Ryudiger va Endrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!