
"Real Madrid" La Ligada so‘ngi bor qachon mag‘lub bo‘lgan?
"Real Madrid" oxirgi marta La Ligada bir yil oldin mag‘lub bo‘lgandi.
Madridliklarning Ispaniya chempionatidagi so‘nggi mag‘lubiyati 2023 yilning 24 sentyabriga to‘g‘ri keladi. O‘shandan beri ular 39 ta o‘yin o‘tkazishdi va mag‘lub bo‘lmadi.
Faqatgina "Barselona"ning bu boradagi ko‘rsatkichi uzoqroq bo‘lgan - 2017 yildan 2018 yilgacha jami 43 ta o‘yin.
Keyingi turda "Real Madrid"ni "Atletiko" bilan derbi kutmoqda. Mazkur bahs 29 sentyabrga belgilangan. Keyin esa, chempionat doirasida "Vilyarreal"(uyda), "Selta"(safarda), "Barselona"(uyda) va "Valensiya"(safarda) klublari bilan kuch sinashadi.
Agar mazkur o‘yinlarning barchasida Anchelotti shogirdlari yutuqqa erishsa, "Barselona"ning bu boradagi mag‘lubiyatsiz rekordi yangilanadi.
Fikrlar