
"Real Madrid" kechagi g‘alabadan so‘ng yangi rekord o‘rnatdi
"Real Madrid" UEFA Chempionlar Ligasida "Marsel"ga qarshi o‘tkazilgan barcha 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Seshanba kuni Xabi Alonso jamoasi birinchi turda "olimpiyachilar"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Chempionlar Ligasi yoki Chempionlar Kubogida bir raqibga qarshi o‘tkazilgan beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonish Madrid jamoasi uchun yuz foizlik natija bilan yangi rekord hisoblanadi.
Fikrlar