"Real Madrid" bu borada etakchi

  • 2 sentabr, 2024, 10:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" ketma-ket 36-o‘yinda La Ligada mag‘lubiyatga uchramadi.

Tecno

Karlo Anchelotti shogirdlari La Liganing 4-turida “Betis”ni mag‘lub etishdi – 2:0.

Madrid klubining so‘nggi mag‘lubiyati 2023 yilning 24 sentyabriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda ular "Atletiko Madrid"dan mag‘lub bo‘lgan edi (1:3). O‘shandan beri "Real Madrid" 26 g‘alaba va 10 durangga erishgan.

"Qaymoqranglilar"ning avvalgi rekordi 30 ta o‘yindan iborat bo‘lib, bu 1988 yilning mayidan 1989 yilning apreligacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Ispaniyaning amaldagi chempionlari endi navbatdagi bellashuvni 15 sentyabr kuni La Liga doirasida  “Real Sosedad”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!