"Real Madrid" - "Borussiya Dortmund". Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi

  • 22 oktabr, 2024, 20:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Chempionlar ligasining navbatdagi turi doirasida "Real Madrid" - "Borussiya Dortmund" jamoalari bahs olib boradi.

Bahs "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. "Arilar" mazkur stadionda "Real"ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba nima ekanligini bilmay kelmoqda. 

Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.

"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda "Real"ning g‘alabasiga ishonmoqda: "Real Madrid" 2:0 "Borussiya Dortmund"

"Sportingnews" ham mezbonlarning zafar quchishini taxmin qildi: "Real Madrid" 3:1 "Borussiya Dortmund"

"FOOTBALLWHISPERS" nashrining yozishicha minimal hisobda Madrid jamoasining qo‘li baland keladi: "Real Madrid" 3:2 "Borussiya Dortmund"

Mashhur "90MIN" nashrining taxminiy hisobi: "Real Madrid" 4:2 "Borussiya Dortmund"

Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 2:0 hisobida "Real" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!