
“Real” kutayotgan vunderkind undan kuchli jamoaga o‘tadi
“Real” yozgi transferlar vaqtida anchadan beri kutayotgan Eduardo Kamavinga transferidan quruq qolishi mumkin. “Renn” yarim himoyachisi madridliklarning asosiy transfer nishonlaridan biri hisoblanadi.
Endi o‘zi ishtirok etgan turnirlarning barchasida g‘olib chiqqan “Bavariya” 18 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shildi va bu borada myunxenliklarning boshqa klublardan ustun ekani aytilmoqda.
Kamavinga Bundesliga grandi safiga qo‘shilsa, jamoadan ketishi kutilayotgan Korenten Tolisso o‘rnini egallaydi.
Maydon markazida to‘p surayotgan Kamavinga yosh bo‘lishiga qaramay, Frantsiya chempionatida 53 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Bu uchrashuvlarda ikkita gol urib, uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar