
"Real" Kroosni fikridan qaytardi
Madridning “Real” klubi germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi va ispan grandi o‘rtasidagi yangi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yarim himoyachi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotgani sababli yangi shartnomadan bosh tortgandi.
Toni Kroos joriy mavsum “Real” safida barcha turnirlarda jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar