"Real" Kepa bo‘yicha yakuniy qarorni chiqarib bo‘lgan
Madridning "Real" klubi darvozabon Kepa Arrisabalaga bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "qirollik klubi" posbonni London klubidan sotib olmaydi. Uning ijarasi yakuniga etgach, ispaniyalik iste’dod sohibi Angliyaga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Kepa joriy mavsum La Liganing 12 o‘yinida o‘z darvozasidan 9 ta gol olib chiqqan. Shuningdek, 6 bahsda raqiblar uning darvozasiga yo‘l topa olmagan.



Fikrlar