
“Real” katta xatoga yo‘l qo‘ydi!
“Real”ning sobiq futbolchisi Kristian Panuchchi klub o‘z vaqtida himoyachi Teko Ernandesni qo‘yib yuborib, katta xato qilganini ta’kidladi.
- Ha, klub Teo Ernandes borasida xato qildi. Chunki Teo dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi. Frantsiyalik futbolchi jamoadan ketganidan ikki-uch yil o‘tib, juda kuchayib ketdi, - dedi Kristian Panuchchi.
Teo Ernandes o‘zi frantsiyalik bo‘lsa-da, “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘z vaqtida “Alaves” sharafini hamimoya qilgan. Bu futbolchi 2017-2019 yillar davomida “Real” vakili bo‘lgan. “Qirollik klubi”da 13 ta uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmagani uchun “Real Sosedad”ga ijaraga jo‘natilgan.
2019 yildan beri “Milan”da to‘pa tepayotgan Teo joriy mavsumda A seriyada 24 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar