“Real” katta transferga tayyorlanyapti

  • 30 oktabr, 2021, 09:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoani yoshartirish siyosatini davom ettiradi va transfer bozorida asosiy e’tiborni iste’dodli yoshlarga qaratadi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar ana shu maqsadda “Flamengo”dan iqtidorli yarim himoyachi Mateus Franka Silvani olishni rejalashtirmoqda.

Braziliyalik yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori saviyada o‘ynamoqda. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari va gol sezish qobiliyati yuqori ekani “Qirollik klubi” mutasaddilarining e’tiborini tortmoqda .

“Flamengo” ham o‘z futbolchisiga qattiq ishonadi. Shuning uchun braziliyaliklar yarim himoyachining shartnomasida unga 100 million evro miqdorida badal puli belgilab qo‘ygan. “Real” vakillari “Flamengo” xo‘jayinlarini ushbu summani biroz bo‘lsa-da pasaytirishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!