“Real” katta transferdan voz kechdi

  • 15 may, 2024, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘zi anchadan beri mo‘ljallab yurgan transferni amalga oshirish fikridan qaytdi.

Tecno

“Qirollik klubi” mutasaddilari “Lill”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Leni  Yoroga da’vogarlik qilayotgan edi.

El Larguero nashrining yozishicha, Evropaning bir necha grandlari nishonida turgan Yoroning o‘zi Madrid superklubiga o‘tishga moyillik bildirgan. Biroq madridliklar kuiilmaganda bu transferdan voz kechdi.

Yoroning “Lill” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Shu bois, Frantsiya klubi yozda uni sotib yuboradi. Xaridorlar orasida PSJ, “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Liverpul” hamda “Chelsi” kabi klublar bor.

Lenining transferi 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Giyasov Jaloliddin
15/05/2024 10:00
Yomonam katta ekanu