“Real” katta transfer ostonasida

  • 14 dekabr, 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga chempioni “Bavariya”ning markaziy himoyachisi Deotshankyul Upamekano Madridning “Real” klubiga o‘tishga yaqin, deb xabar bermoqda Footmercato nashri jurnalisti Santi Auna o‘zining X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi frantsiyalik himoyachisi bilan hamkorlik  bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. “Real” mutasaddilari futbolchining vakillariga uning shartnoma bo‘yicha barcha talablarini qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

27 yoshli Upamekano yozda erkin agentga aylanishi mumkin, chunki uning Myunxen klubi bilan shartnomasi o‘sha paytda o‘z yakuniga etadi. Shunga qaramay, “Bavariya” hali ham futbolchini shartnomani uzaytirishga ko‘ndirishga urinib kelmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda klub safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Upamekanoning bozor qiymati 60 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!