
“Real” katta pulga ko‘p gol urayotgan hujumchini oladi
“Real Madrid” mutasaddilari shvetsiyalik mohir hujumchi Viktor Dyokeresh transferi uchun 100 million evro taklif qilishga tayyor.
Defensa Central nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar Dyokeresh o‘ynayotgan Lissabonning “Sporting” klubi bilan kelishuvni amalga oshirish uchun bir necha klublar bilan raqobatga kirishadi.
“Sporting” hujumchi bilan tuzgan shartnomasida uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan xaridorlar 100 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerakligini aniq bo‘lgilab qo‘ygan.
Transferlar bo‘yicha ekspertlar yildan yilga ko‘ratkichlari ko‘tarilib, o‘yin sifati oshib borayotgan Dyokeresh belgilangan summaga arziydigan o‘yinchi ekanini ta’kidlamoqda.
Dyokeresh joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda 27 ta to‘p kiritib, to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilishda davom etmoqda.
Fikrlar