
“Real” katta pul to‘lashdan ozod bo‘ldi
“Real” rahbariyati yangi bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Xabi Alonso uchun ispaniyalik mutaxassisning hozirgi ish joyi – “Bayer” klubiga badal puli to‘lamaydigan bo‘ldi.
Futbolda qabul qilingan qoidalarga ko‘ra, shartnoma muddati tugamasidan boshqa klubdan o‘yinchi yoki murabbiy olish, muayyan miqdorda badal puli to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Xabi Alonsoning “Bayer” bilan hamkorlik shartnomasi yana bir yil davom etishi kerak edi. The Telegraph nashrining yozishicha, Leverkuzen klubi rahbariyati jamoani tarixda ilk bor chempionga aylantirgan bosh murabbiyni badal pulisiz qo‘yib yuboradigan bo‘ldi.
“Bayer” klubi 9 may kun jamoani 2022 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan Xabi Alonso joriy mavsum tugashi bilan klubni tark etishi haqida rasmiy axborot chiqargan edi.
Fikrlar