
"Real" Karvaxal bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Real" o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal bilan yangi shartnoma bilan imzolamoqchi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati tez orada ispaniyalik himoyachisi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, Madrid klubi Karvaxalning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlaridan juda mamnun. Bundan tashqari, rahbariyat uning Evrodagi fantastik o‘yinidan ham hayratda. U Xorvatiyaga qarshi bahsda Yamalning uzatmasidan so‘ng gol urdi va Evroda gol kiritgan eng yoshi katta ispaniyalik futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi. Dani 2014 yildan beri "qaymoqranglilar" bilan 6 marta Chempionlar ligasida, 4 marta La Ligada g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar