
“Real” jamoani chempion qilgan Anchelottidan nega norozi?
Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelotti o‘tgan mavsumda “Real”ni Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirdi.
Shunga qaramay, bu mutaxassisning klub xo‘jayinlari bilan munosabati ko‘ngildagidek emas. Klub boshqaruvining ayrim vakillari kelasi mavsum oldidan jamoani boshqa mutaxassisga topshirish kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.
Ispaniyalik jurnalist Rodrigo Faesning ta’kidlashicha, Ispaniya kubogida “Real” o‘z maydonida “Barselona”ga engilganidan keyin bu masala yana kun tartibiga qaytarildi. Rahbariyat Anchelottiga taktik rang-barang etishmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Karlo Anchelotti uchrashuvda “Barselona” himoyasini yorib o‘tish va o‘yinda burilish yasashni uddalay olmadi.
Anchelottining o‘zi shartnomasi oxirigacha Madridda qolishini ta’kidlagan. Uning bitimi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar