“Real” ishongan “tog‘i”ni yo‘qotishi mumkin

  • 20 aprel, 09:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real Madrid” mudofaa chizig‘ini mahorat bilan boshqarib kelayotgan markaziy himoyachisi  Antonio Ryudiger so‘nggi bir necha oy davomida og‘riqlarga qaramay maydonga tushayotgani oydinlashdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik  32 yoshli futbolchi jarohati bo‘lsa-da, jamoaga yordam berishni to‘xtatgani yo‘q.

Doimiy yuklamalar va etarli darajada dam olmaslik sababli Ryudigerning ahvoli yanada og‘irlashgan. Klub hozircha bu borada aniq qaror qabul qilmagan bo‘lsa-da, jarrohlik amaliyoti aralashuvi ehtimoli borligi inkor etilmayapti.

“Real Madrid” joriy mavsumda himoya chizig‘ida jiddiy yo‘qotishlarga uchrab kelmoqda. Dani Karvaxal, Eder Militao va Ferlan Mendi kabi asosiy futbolchilar ham jarohatlar sababli mavsum oxirigacha safdan chiqqan.

Agar Ryudiger ham uzoq muddatga davolanishga ketsa, bu klub uchun muhim o‘yinlar oldidan juda katta yo‘qotishga aylanishi turgan gap.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!