“Real” ishongan futbolchisidan ayrilmoqda

  • 9 fevral, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozgi transferlar vaqtida Rafael Varan boshqa jamoalarga sotib yuborilmasligini aytgan edi. Biroq, kelasi yozda frantsiyalik himoyachining o‘zi Madriddan ketishni istamoqda.

Tecno

Ayni paytda “Qirollik klubi” 27 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borayotgan bo‘lsa-da, Varanni qolishga ko‘ndira olgani yo‘q. Uning amaldagi shartnomasi bir yarim yildan so‘ng yakunlanadi va yozda uning transfer summasi arzonlashadi.

Shuningdek, Varan yangi bitimni imzolamasa, keyinchalik erkin agent sifatida bepul ketib qolmasligi uchun “Real” yozda uni kirgan narxiga sotib yuborishi kerak bo‘ladi. Ayni paytda tajribali himoyachini PSJ va “Manchester Yunayted” o‘z safiga chorlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” Varan transferini 71 million evroga baholagan. Shunga qaramay, 50 million evrodan boshlangan takliflarni muhokama qilishga ham tayyor. Bu futbolchi 2011 yili “Lans”dan 10 million evroga olib kelingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!