“Real” ikkinchi Bellingemni ham olib keladi

  • 20 oktabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Real” safiga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingem qisqa fursatda Karlo Anchelotti jamoasining haqiqiy etakchisiga aylandi.

Tecno

Endi “Qirollik klubi” uning ukasi Jobni ham o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti. 18 yoshli futbolchi ham xuddi faoliyatini xuddi akasi singari “Birmengem” klubida boshlagan. O‘tgan yoz Job “Sanderlend”ga ko‘chib o‘tdi.

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, madridlik skautlar hujumkor futbolchining harakatlarini Angliya o‘smirlar terma jamoasidagi ishtiroki davomida kuzatib borgan.

Job Bellingem “Sanderlend” tarkibida barcha turnirlarda 12 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali Job Bellingemni 5 million evroga baholayapti. “Qirollik klubi” Jud Bellingem uchun yozda 103 million evro sarflagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!