“Real” ikki yulduz o‘rniga oddiy futbolchi tanladi

  • 23 yanvar, 2022, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati ikki mashhur futbolchi – “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba va “Milan” etakchisi Frank Kassie uchun kurashdan chiqdi.

Tecno

“Qirollik klubi” mutasaddilari erkin agentga aylanadigan bu o‘yinchilardan ko‘ra “Ayaks”da ishonchli o‘yin namoyish etayotgan iste’dodli yoshlardan biri Rayan Gravenberxni transfer qiladigan bo‘lyapti.

19 yoshli Gravenberx “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta uchrashuv o‘tkizib, bitta gol va to‘rtta assist mualifi bo‘lgan o‘yinchining amsterdamliklar bilan hamkorligi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

Transfermarkt portali iste’dodli yarim himoyachini 35 million evroga baholagan.

Gravenberx yosh bo‘lishiga qaramay, Niderlandiya terma jamoasi safida o‘nta uchrashuvda bitta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!