“Real”: Ikki himoyachi ketadi, ularga taklif bor

  • 17 noyabr, 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi joriy mavsum yakunlanganidan keyin ikki nafar himoyachi Antonio Ryudiger va David Alaba bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

AS nashrining ma’lum qilishicha, David Alabaga hozirdan taklif bor. Yaqin Sharqning iqtisodiy baquvvat klublari avstriyalik himoyachi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Shayxlar Alabaning yuqori maosh talabini qondirishi mumkin. Biroq tajribali futbolchi avval kelajagini “Real” bilan muhokama qilib olmoqchi va klub mutasaddilarining qo‘ng‘irog‘ini kutyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirolli klubi” mutasaddilari yoshi o‘tib qolayotgan va jarohatga moyil Alaba va Rbyudiger bilan hamkorlikni uzaytirish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblayapti.

Har ikki o‘yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning 30 iyunida yakunlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!