"Real" hujumni kuchaytirish uchun Londondan futbolchi topdi

  • 3 noyabr, 2021, 18:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun variant izlashda davom etmoqda. Bu safargi nomzod "tumanli albion"dan.

Tecno

"Fulxem"ning hujumkor yarim himoyachisi Fabio Karvalyu "qirollik klubi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Madridliklar uni jamoadan ketishga yaqin turgan Iskoga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Xabar qilinishicha, 19 yoshli futbolchi ingliz klubidan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelib tushgan takliflarni rad etgan va faoliyatini La Liga grandi safida davom ettirmoqchi. Portugaliyada tug‘ilgan yosh iste’dod sohibi Angliya U-21 terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Karvalyuning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi. U joriy mavsum Chempionshipdagi 6 uchrashuvda 3 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!