"Real" hujumda katta o‘zgarish amalga oshirmoqchi. Hammasi Vinisiusning qaroriga bog‘liq

  • 22 yanvar, 23:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe "Real" safidagi faoliyatini unchalik yaxshi boshlamagan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda sezilarli darajada o‘z sport formasini tikladi. Shunga qaramay, Madrid klubi Mbappening eng samarali pozitsiyasi chap qanot hujumida ekanini bilishadi va uni hujum markazida o‘ynatishdan ko‘ra, yangi "to‘qqizlik" transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"El Gol Digital" xabariga ko‘ra, "Real" uchun markaziy hujumchi lavozimidagi asosiy nomzod bu "RB Leyptsig"ning 21 yoshli hujumchisi Benyamin Sheshko hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, bu transferning amalga oshishi ko‘p jihatdan Vinisius Juniorning kelajagiga bog‘liq. Braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan katta moliyaviy takliflar tushmoqda. Agar Vinisius Saudiya Arabistoni taklifini qabul qilsa, Kilian Mbappe chap qanotga o‘tkaziladi, markaziy hujumchi sifatida esa Benyamin Sheshko sotib olinadi.

"transfermarkt" portali Sheshkoning hozirgi bozor qiymatini 50 million evro atrofida baholagan.

Shuningdek, oldinroq matbuotda "Real" prezidenti Florentino Peres Vinisius Juniorning xulq-atvori tufayli uni Saudiya Arabistoniga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!