"Real" hujumchisi shu yoz jamoani tark etadi

  • 17 avgust, 2020, 12:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" va "Latsio" klublari "Real" hujumchisi Borxa Mayoral uchun kurash boshladi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, italiyaliklar 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 20 mln evrodan voz kechishga tayyor. Ispaniyaliklar esa 15 mln evro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilmoqda.

Mayoral o‘tgan mavsumni “Levante” safida ijarada o‘tkazdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!