
"Real" hujumchisi mavsumni Italiyada yakunlashi mumkin
Madridning “Real” klubi forvardi Mariano Dias “Roma”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar Diasni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq ijaraga olishmoqchi. Ularning fikricha Dias jamoaning asosiy hujumchisi Edin Jekoga munosib o‘rindosh bo‘la oladi.
Bundan tashqari “Roma” Diasga uning “Real”dan olayotgan 4,5 mln evro maoshini ham to‘lashga tayyor.
Aytish kerakki, “Roma” rahbariyati yozda “Atletiko”dan ijaraga olingan xorvatiyalik hujumchi Nikola Kalinichni Madridga qaytarib yuborishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Dias joriy mavsum La Ligada bironta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q.
Fikrlar