"Real" hujumchisi faoliyatini Frantsiya klubida davom ettiradi
"Real Madrid" hujumchisi Endrik faoliyatini "Lion" klubida davom ettiradi. Qirollik klubi braziliyalik forvardni Frantsiya chempionatiga qo‘yib yuborishga rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, kelishuv 2026 yil yozigacha amal qiladi va sotib olish huquqini o‘z ichiga olmagan ijara shartnomasini nazarda tutadi. Klub uzoq muddatli rejalarda hali ham Endrikka ishonadi, ammo uni Liga 1da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun jo‘natmoqda.
Shuningdek, 19 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"ham o‘z safiga qo‘shib olishni istagan edi, biroq o‘yinchining o‘zi "Lion" variantini tanlagan.



Fikrlar